Quruvchi Marat Xayrullayevich ofisida janjal yuz berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda mijozlar Marat Xayrullayevichning ofisida janjal ko‘targan videolar tarqaldi. Videoda Marat Xayrullayevichdan uy sotib olgan mijozlarning tortishuvi aks etgan.
Videomualliflariga ko‘ra, mijozlar kompaniyaga to‘lagan pullarini qaytarib olisha olmayapti. Shu boisdan, ular Marat Xayrullayevich bilan yuzma yuz ko‘rishib, gaplashish uchun yig‘ilishgan. Biroq, xodimlar mijozlarni rahbarning oldiga kiritishmagan.
Marat Xayrullayevich norozi fuqarolar bilan telefon orqali muloqat qilib, ularni provakatsiya qilishda ayblagan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













