65 yoshli ayol haydovchilik imtihonidan bir urinishda o‘tdi

65 yoshli ayol haydovchilik imtihonidan bir urinishda o‘tdi

O‘zbekistonda 65 yoshli pensioner ayol ijtimoiy tarmoqlarda haqiqiy sensatsiyaga aylandi: u haydovchilik guvohnomasini olish uchun topshiriladigan imtihonning barcha bosqichlarini ilk urinishdayoq muvaffaqiyatli yakunladi. Bu haqda upl.uz xabar beradi.

Imtihon markazi xodimlari bu natijani alohida e’tirof etmoqda. Ularning aytishicha, avtomatlashtirilgan tizimlar sabab jarayon ancha murakkablashgan, hatto yoshlar ham ko‘pincha nazariya yoki ruldagi sinovdan yiqilib qoladi.

Ammo tajriba va e’tibor o‘z so‘zini aytdi: qahramonimiz avtopoligondagi barcha mashqlarni xatosiz bajardi, nazariy savollarga ham aniq va ishonchli javob qaytardi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilfuza Razzoqova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.