Oziq-ovqat mahsulotlari haqida olimlar fosh qilib bo‘lgan uydirmalar


Ovqatlar to‘g‘risida qanchalik yanglish fikrlar bo‘lmagan deysiz. Daryo nashri oziq-ovqat mahsulotlari to‘g‘risida eng hayratlanarli yolg‘onlarni chop etdi.
Uydirma: yong‘oqda onkologik kasalliklarini keltirib chiqaruvchi zaharli moddalari bo‘lgan karnaygul geni yashar ekan.
Birinchidan, gen (DNK molekulasining bir qismi) zaharli bo‘lishi mumkin emas. Ikkinchidan, yong‘oqda qanday genetik modifikasiya borligi to‘g‘risida hech qanday tasdiqlangan ma’lumotlar yo‘q.
Uydirma: go‘sht zararli, hayvonlardan olingan oqsil – saratonni keltirib chiqaruvchi vosita.
Sut va boshqa hayvon oqsillarining zarari to‘g‘risida ilmiy ma’lumotlar yo‘q. Faqat, olim Kolin Kempbell tomonidan kalamushlarning saraton rivojlanishiga moyil nasllarida o‘tkazilgan tekshirish natijalari mavjud.
Uydirma: palma yog‘i zararli, ayniqsa qizdirilganda.
Bu yog‘ni saryog‘ning o‘rniga ishlatishadi. Haqiqat shundaki, u bir muncha foydaliroq.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













