Shotland golf-klubi 273 yil amal qilgan taqiqlovni bekor qildi

Shotland golf-klubi 273 yil amal qilgan taqiqlovni bekor qildi
Shotland golf-klubi 273 yil amal qilgan taqiqlovni bekor qildi

Nufuzli shotland golf-klubi Myuirfild a’zolari klub tashkil topgan 1744 yildan beri amal qilib kelgan, ayollarning klubga a’zo bo‘lishlariga taqiqlovni bekor qilishga qaror qilishdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, bu masala bo‘yicha ovoz berish 498 nafar rozilar va 123 nafar qarshi chiqqanlar nisbatida yakunlangan. Endilikda klub dunyoning eng yirik golf-chempionatlaridan biri British Open’ni qabul qila oladi.

Klubning 273 yil davom etgan taqiqlovni bekor qilish qarorini Shotlandiyaning birinchi vaziri Nikola Sterjen ham qutladi.

\"Ayollarning a’zolikka qabul qilinishi to‘g‘ri va buyuk qarordir\", deb yozdi Sterjen tvitterda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.