O‘zbekiston-Turkmaniston: chegara bo‘yicha muzokaralar qayta tiklandi

O‘zbekiston-Turkmaniston: chegara bo‘yicha muzokaralar qayta tiklandi
O‘zbekiston-Turkmaniston Davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish bo‘yicha muzokaralar jarayoni qayta tiklandi. Bu haqda TIV Axborot xizmatiga tayanib Qalampir.uz xabar berdi.

Joriy yilning 27-30 mart kunlari Turkmanobod shahrida O‘zbekiston va Turkmaniston Davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish masalalari bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiya ishchi guruhlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Do‘stona muhitda va konstruktiv muloqot ruhida bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida 2017 yil uchun muzokaralar rejasi kelishib olindi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.