Toshkentda “prava”siz va raqamsiz yurgan yigitlar qattiq jazolandi

Toshkentda “prava”siz va raqamsiz yurgan yigitlar qattiq jazolandi

Toshkent shahrida yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan 3 nafar yigitga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ular haydovchilik guvohnomasiz, davlat raqamisiz hamda maxsus miltillovchi chiroqlar o‘rnatilgan avtomobilda harakatlangan.

Holat davomida yigitlar qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, yo‘lda xavfli vaziyatlar yuzaga keltirgan. Shundan so‘ng huquq-tartibot organlari tomonidan ular to‘xtatilib, qoidabuzarliklar yuzasidan tegishli choralar ko‘rilgan.

Aniqlanishicha, ushbu shaxslardan ikki nafari 5 sutkadan ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilingan. Yana biriga esa 1 million 236 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanilgan.

Bundan tashqari, avtomobil egasiga ham jazo belgilandi. U transport vositasini haydovchilik huquqiga ega bo‘lmagan shaxsga bergani uchun 2 million 60 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Mutaxassislar yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslik jiddiy oqibatlarga olib kelishini yana bir bor eslatmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.