Toshkent metrosida eshigi yopilmagan poyezd harakatlangani aniqlandi

Toshkent metrosida eshigi yopilmagan poyezd harakatlangani aniqlandi

14 aprel kuni Toshkent metrosida xavotirli holat qayd etildi. Ma’lum bo‘lishicha, Alisher Navoiy metro station bekatidan yo‘lga chiqqan poyezdning uchinchi vagoni eshigi to‘liq yopilmagan holda harakatlangan.

Mazkur vaziyat O‘zbekiston metro station bekatiga yetib kelgach aniqlanib, poyezd zudlik bilan to‘xtatilgan. Yo‘lovchilar xavfsizlikni ta’minlash maqsadida vagondan tushirilgan.

Shundan so‘ng poyezd texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun yo‘naltirilgan. Mutasaddilar tomonidan hodisa sabablarini aniqlash yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu holat uchun mas’ul bo‘lgan mashinistga nisbatan qat’iy intizomiy choralar ko‘rilishi belgilangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.