Hokimlik jamgʻarmasidan 600 mln soʻm noqonuniy sarflangani maʼlum boʻldi

Hokimlik jamgʻarmasidan 600 mln soʻm noqonuniy sarflangani maʼlum boʻldi

Bagʻdod tumanida hokimlik jamgʻarmasi mablagʻlarini noqonuniy oʻzlashtirish holati fosh etildi.

Maʼlum qilinishicha, tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimining sobiq rahbari mazkur mablagʻlardan shaxsiy manfaatlar yoʻlida foydalangan.

Tekshiruvlar davomida u 600 million soʻmni obodonlashtirish ishlari uchun ajratilgan mablagʻ sifatida MCHJ hisob raqamiga oʻtkazgani aniqlangan.

Shundan 380 million soʻmni naqdlashtirib, keyinchalik ushbu mablagʻlar orqali 27 ming AQSH dollarini qoʻlga kiritgan.

Tergov maʼlumotlariga koʻra, u ushbu pullarni oʻzlashtirish orqali talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi asosida jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.