Elektr energiyasidan qarzdorlarning mulki xatlandi

Elektr energiyasidan qarzdorlarning mulki xatlandi

Sirdaryo viloyatida elektr energiyasidan qarzdor bo‘lgan fermer xo‘jaliklariga nisbatan belgilangan tartibda ijro harakatlari olib borilmoqda.

Majburiy ijro byurosi Boyovut tuman bo‘limi tomonidan qarzdorlikni undirish maqsadida bir qator fermer xo‘jaliklarining mol-mulklari xatlov qilinib, ijro harakatlari amalga oshirildi.

Jumladan, “K.Y.F” fermer xo‘jaligining 42 mln. so‘m hamda “U.J” fermer xo‘jaligining 40,9 mln. so‘m miqdoridagi qarzdorligi sababli mulklari xatlanib, jarima maydoniga joylashtirildi.

Mazkur choralar elektr energiyasi uchun to‘lov intizomini mustahkamlash, qarzdorlikni kamaytirish hamda energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlashga qaratilgan. Bu kabi tadbirlar davom etmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.