Namangan viloyatida hojatxonaga tushib ketgan bola qutqarildi

Namangan viloyatida hojatxonaga tushib ketgan bola qutqarildi

22 may kuni Namangan viloyati Uychi tumanida noxush holat yuz berdi. \"Muborak\" MFY hududidagi xonadonlardan birida 2025-yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola hovlidagi hojatxona chuquriga tushib ketgan.

Ma’lum qilinishicha, bola kattalarning ehtiyotsizligi va nazoratsiz qolgani sababli ushbu holatga tushib qolgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar berilgan.

Hodisa joyiga qutqaruvchilar zudlik bilan yetib borib, qutqaruv ishlarini amalga oshirgan. Qutqaruvchilardan biri chuqurga tushib, bolakayni xavfsiz olib chiqqan.

Shifokorlar bolaga zarur tibbiy yordam ko‘rsatgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi ekani va yaqinlariga topshirilgani ma’lum qilindi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.