Qurbon Hayiti arafasida 15 yoshli qizga bepul operatsiya qilindi

Qurbon Hayiti arafasida 15 yoshli qizga bepul operatsiya qilindi

Qurbon Hayiti munosabati bilan O‘zbekistonda insonparvarlik va xayriya tadbirlari keng miqyosda davom etmoqda. Prezidentning “Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va mehr-saxovat tadbirlarini samarali tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori asosida Surxondaryo viloyatida ham bir qator ezgu tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

Viloyat onkologiya dispanserida davolanayotgan 15 yoshli Munisa Shodiqulova ana shunday yordamga muhtoj bemorlardan biri bo‘ldi. Unga osteosarkoma — suyak saratoni tashxisi qo‘yilgan bo‘lib, bir necha oydan buyon shifokorlar nazoratida davolanib kelmoqda.

Moddiy imkoniyatlar yetarli bo‘lmagani sababli zarur jarrohlik amaliyoti bir muddat ortga surilgan edi. Biroq Qurbon Hayiti arafasida unga bepul operatsiya o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qilindi va amaliyot muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.