Xorazmda bitiruvchilar ustoziga kvartira sovg‘a qilishdi

Xorazmda o‘quvchilar ota-onalari bilan birlashib, yillar davomida ularga bilim va tarbiya bergan sevimli ustoziga unutilmas sovg‘a tayyorlashdi — bir xonali kvartira.
Ma’lum bo‘lishicha, uy narxi 227 million so‘mni tashkil qilgan. Ustoz uchun tayyorlangan bu kutilmagan sovg‘a ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Ko‘pchilik buni ustozga bo‘lgan hurmat, e’tibor va minnatdorlikning eng chiroyli namunalaridan biri deb atamoqda. Ayrim foydalanuvchilar esa bunday holat O‘zbekistonda kam uchrashini aytib, bitiruvchilar va ota-onalarga tahsin bildirishmoqda.
Haqiqatan ham ustoz qadri baland bo‘lgan jamiyatda kelajak ham boshqacha bo‘ladi.

Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













