Bahora Arslonova “El-yurt faxri” nishoni bilan taqdirlandi (foto)

Aktrisa Bahora Arslonova o‘zining Instagram sahifasi orqali muxlislari bilan quvonchli yangilikni bo‘lishdi. U “El-yurt faxri” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangani haqida xabar berib, bu e’tirof uning mehnatiga berilgan katta baho ekanini ta’kidladi.
Aktrisaning yozishicha, u mukofotni shaxsan qabul qilib olishga bora olmagan, chunki ayni paytda Namanganda o‘tkazilayotgan Gullar festivalida ishtirok etayotgan edi. Shunga qaramay, uning yaqinlaridan biri — singlisi sahnada uning nomidan mukofotni qabul qilib olgan.
Bahora Arslonova ushbu voqeani katta quvonch bilan qarshi olib, bu yutuq qalbida alohida faxr va iftixor tuyg‘usini uyg‘otganini qayd etdi. U o‘z postida mehnatning qadri bilinishi eng katta mukofot ekanini, shuningdek, Allohga va o‘z kuchiga ishonish muhimligini yozib qoldirgan.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari esa aktrisani samimiy tabriklab, uning ijodiy faoliyatiga yanada muvaffaqiyatlar tilashmoqda.














