Beparvo ona «O‘rikzor» bozorida bolalarini avtomashinasi ichida qarovsiz qoldirdi

Beparvo ona «O‘rikzor» bozorida bolalarini avtomashinasi ichida qarovsiz qoldirdi
Feysbukdagi «Voditeli tashkenta» (DRIVERS.UZ) guruhida foydalanuvchi Bahodir Azizov tomonidan joylashtirilgan postda bugun Toshkent shahridagi «O‘rikzor» bozorida ro‘y bergan bir voqea haqida xabar berilmoqda.

Bozorga savdo uchun kelgan ona «Neksiya» avtomashinasida o‘zining ikki farzandi — 3 va 5 yoshlar atrofidagi qizaloqlarini eshiklarni yopib qoldiradi va aftidan, ular haqida unutib qo‘yadi.

Bozorning mashinalar avtoturargohida ishlovchi xodimlardan biri qizaloqlarning mashinada tinchgina uxlab yotganiga ko‘zi tushadi, biroq derazani chertganda ular reaksiya bildirmaydi.
Beparvo ona «O‘rikzor» bozorida bolalarini avtomashinasi ichida qarovsiz qoldirdi
Bu holatdan shubhalangan xodim darhol milisiya va «tez yordam» chaqiradi, eshik ochilib, qizaloqlar chiqarib olib, o‘ziga keltiriladi. Beparvo ona esa shundan keyin ham yarim soat o‘tib paydo bo‘ladi. Voqea guvohlari onaga tanbeh berib, tashlanishadi.
Beparvo ona «O‘rikzor» bozorida bolalarini avtomashinasi ichida qarovsiz qoldirdi
«Odamlar! Shunday vaziyatlarda ehtiyotroq bo‘linglar», deb tugatadi post egasi o‘z so‘zlarini.

Avtomashina davlat raqamidan haydovchi ayol Samarqand viloyatidan ekanligini bilish mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.