Ramazon hayiti kuni metro va avtobuslar erta tongdan ish boshlaydi

Ramazon hayiti kuni metro va avtobuslar erta tongdan ish boshlaydi
O‘zbekistonda 26 iyun, dushanba kuni Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan Toshkentda avtobus va metrolar qatnovi ertalabki soat 4:00 dan ish boshlaydi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” tashkiloti xabar berdi.

Ertalabki transport qatnovi Ramazon hayiti bayrami kuni Toshkentda yashovchi fuqarolarni shahardagi masjidlarga hayit namozini ado etish uchun vaqtida eltishga xizmat qiladi.

Ushbu holat o‘tgan yili ham kuzatilgandi. Poytaxt aholisi uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida transport harakati saharlab yo‘lga qo‘ilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.