40 ming so‘m evaziga uyini fohishalarga bo‘shatib berdi

40 ming so‘m evaziga uyini fohishalarga bo‘shatib berdi
2017 yilning 28 iyun kuni taxminan soat 16:30 larda, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Djaxangirova Nargiza Shaxidovna, Yunusobod tumani hududida joylashgan xonadonda fohishaxona saqlab, 40.000 so‘m pul evaziga fuqaro «U» va «A» larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.