Gulistonda valyutafurushlar qo‘lga olindi

Gulistonda valyutafurushlar qo‘lga olindi
2017 yil 18 iyul kuni Sirdaryo viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan Guliston shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Jasur Berdiev, Abduqodir Xolyigitov hamda Yunus Pirniyozov (ism-shariflar shartli) qo‘lga olindi. Bu haqda Sirdaryo viloyat IIB matbuot xizmatiga tayanib «Daryo» ma’lum qildi.

Ular o‘zaro kelishib, 2600 AQSh dollarini 8470 so‘mdan jami 22 022 000 so‘mga sotayotgan vaqtida ushlanib, daliliy ashyolar olindi.

Shu kuni uchchovlonga nisbatan JKning tegishli bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.