Jizzaxda uyida qimorxona tashkil etgan shaxs qo‘lga olindi

Jizzaxda uyida qimorxona tashkil etgan shaxs qo‘lga olindi
Jizzax viloyati, Paxtakor tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan tuman hududida uyida qimorxona tashkil etgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda «Kun.uz» xabar berdi.

2017 yil 22 iyul kuni soat 16:30da o‘tkazilgan tadbiri davomida, Oqbuloq MFY, Lolazor ko‘chasi, 23-uyda istiqomat qiluvchi, ishlamaydigan, 1970 y.t. B.Y. (familiya,ismi o‘zgartirilgan) uyida qimorxona tashkil etib, shu mahallada yashovchilar T.U., D.U.va T.S. birgalikda tavakkalchilikka asoslangan qimor o‘yinini o‘ynayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida bir dona karta va 80.000 so‘m pullar hujjatlashtirilib olingan.

Hozirda surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.