Gulnora Karimovaning advokati tergovni to‘xtatishni so‘radi

Gulnora Karimovaning advokati tergovni to‘xtatishni so‘radi
Gulnora Karimovaning advokati Greguar Manja Shveysariya prokuraturasidan tergov jarayonini to‘xtatishni so‘radi, deb xabar qilmoqda Asr.uz nashri.

Advokatning so‘zlariga qaraganda, u Gulnora Karimova hozir qayerda ekanligini bilmaydi va u bilan aloqaga chiqishning imkoni bo‘lmagan.

Bunday sharoitda, advokat Karimovaning huquqlarini «qonuniy sud talabiga javob beradigan darajada» himoya qila olmasligi tufayli, u Shveysariya prokuraturasidan tergov ishlarini to‘xtatib turishni so‘ramoqda.

Undan tashqari, Manja aytishiga qaraganda, 2016 yilning dekabr oyida u Gulnora Karimova bilan uchrashgan vaqtda, Karimova O‘zbekistondagi sud jarayoni haqida advokatga hech narsa xabar qilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Gulnora Karimovaning eng katta mablag‘lari aynan Shveysariyada saqlanmoqda. O‘zbekiston bosh prokuraturasi xabariga ko‘ra, u erda 777,8 mln dollar pul mablag‘lari, hamda qiymati 18,5 mln frank (19,4 mln $) bo‘lgan villasi bor.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.