Shavkat Mirziyoyev qirg‘izistonlik baxshiga Malibu sovg‘a qildi

Shavkat Mirziyoyev qirg‘izistonlik baxshiga Malibu sovg‘a qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qirg‘izistonlik baxshi Idris Ayitbayevga Malibu rusumidagi avtomobil sovg‘a qildi. Bu haqda Andijon viloyati hokimi “Do‘stlik” chegara posti ochilishida ma’lum qildi.

Baxshi Andijon viloyatiga kelganida yangi Malibu’ni boshqarishni xohlagani haqida kuylagan edi. Baxshining O‘zbekiston–Qirg‘iziston aloqalarini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi sovg‘aning berilishiga asos ekanligi aytib o‘tilgan.

Idris Ayitbayev qirg‘iz, rus, ingliz, o‘zbek va turk tillarida kuylashi bilan mashhurdir.

Manba: qalampir.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.