Avstraliyada o‘rgimchakning 5 yangi turi aniqlandi

Avstraliyada o‘rgimchakning 5 yangi turi aniqlandi
Avstraliyadagi Kuring-gay Cheys milliy parki bo‘ylab sayr vaqtida biolog va suratkash Yurgen Otto 5 yangi turdagi tovus-o‘rgimchaklarni kashf qilishga muvaffaq bo‘ldi. Daily Mail shu haqida xabar berdi.

Yurgen Ottoning yorqin rangli o‘rgimchak bilan birinchi tanishuvi 9 yil avval Sidneyda ro‘y bergandi.

\"Men noyob o‘rgimchakka duch keldim va uni suratga oldim, keyin uyga kelib, kompyuterda uni yaxshilab ko‘zdan kechirishga kirishdim. Tushunmay qoldim. Internetda o‘rgimchakning bu turi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q edi\".

Yurgen Otto

Ottoning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda Maratus oilasiga mansub ro‘yxatdan o‘tgan tovus-o‘rgimchaklarning Avstraliya hududidan topilgan 48 turi mavjud. Bundan tashqari, ko‘plab boshqa turdagi o‘rgimchaklar ham tasdiqdan o‘tishi kutilmoqda.
Avstraliyada o‘rgimchakning 5 yangi turi aniqlandi
Ma’lumotlarga ko‘ra, faqat nar o‘rgimchaklar tovus patini yodga soluvchi yorqin ko‘rinish olgan.
Avstraliyada o‘rgimchakning 5 yangi turi aniqlandi
\"Nar o‘rgimchakning naqsh va ranglari shu qadar xilma-xilki, biri ikkinchisini takrorlamaydi. Ularni osonlik bilan ajratish mumkin\".
Avstraliyada o‘rgimchakning 5 yangi turi aniqlandi
Avstraliyada o‘rgimchakning 5 yangi turi aniqlandi
Yunger Otto
Avstraliyada o‘rgimchakning 5 yangi turi aniqlandi
Avstraliyada o‘rgimchakning 5 yangi turi aniqlandi
\"Agar tabiatning bu mo‘’jizasiga duch kelsangiz, qo‘rqmang. U kichkinagina va xavfsiz. Eng asosiysi - uni ezib yubormaslik\".

Yunger Otto
Avstraliyada o‘rgimchakning 5 yangi turi aniqlandi
Biologning ma’lum qilishicha, agar nar o‘rgimchak urg‘ochi o‘rgimchakda ijobiy taassurot uyg‘ota olmasa, u holda osonlikcha uning tushligiga aylanishi mumkin.

Manba: Kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.