“O‘zbekiston havo yo‘llari” ichki yo‘nalishlarga chegirma e’lon qildi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” ichki yo‘nalishlarga chegirma e’lon qildi
O‘zbekiston havo yo‘llari Navro‘z bayrami munosabati bilan barcha ichki yo‘nalishlarga chegirma e’lon qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik nashri.

Ichki yo‘nalishlarda e’lon qilingan chegirmalar:

30% — individual yo‘lovchilar uchun;
40% — 5 kishidan ortiq turistik guruhlar uchun
40% — 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar, maktab, kollej va litsey o‘quvchilari va universitet talabalari uchun;
50% — ikki yoki undan ko‘p kishidan iborat oila a’zolari uchun. Shuningdek 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarni kuzatib borayotgan ota-onalar uchun.

Ushbu chegirmalar 2018 yilning 18, 19, 20, 21 va 22 mart kunlari amalga oshiriladigan barcha ichki qatnovlarda amal qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.