Toshkent viloyatida ro‘y bergan yong‘in ota-bolaning umriga zomin bo‘ldi

Toshkent viloyatida ro‘y bergan yong‘in ota-bolaning umriga zomin bo‘ldi
Toshkent viloyatining Toshkent tumanida shu yilning 21 mart kuni taxminan soat 10:00 atrofida Masalboy mahallasida yashagan, 1955 yilda tug‘ilgan A.Isakovning uyida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirildi. Ofatni bartaraf etish davomida yong‘in oqibatida uy egasi va 1985 yilda tug‘ilgan uning o‘g‘li J.Isakovning tutundan dimiqqan hamda kuygan holdagi jasadlari topildi.

Ushbu yong‘in fuqaro A.Isakov uyida mast holda sigareta chekib uxlab qolishi oqibatida kelib chiqqanligi aniqlandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.