“Neksiya-3”ni avtosalondan chiqarib berish evaziga 800 dollar olgan shaxslar ushlandi

“Neksiya-3”ni avtosalondan chiqarib berish evaziga 800 dollar olgan shaxslar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda mahkama axborot xizmati xabariga tayanib Kun nashri ma’lum qilmoqda.

Qayd etilishicha, Marhamat tuman hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A. fuqaro Z.ga “Neksiya-3” avtomashinasini 15 kun muddatda tanishi B. orqali avtosalondan chiqarib berishi evaziga 800 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olib, fuqaro B.ga bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar A. va B.ga nisbatan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.