Lukashenko Toshkentga tashrifini Mustaqillik maydoni va Islom Karimov haykalini ziyorat qilishdan boshladi

Lukashenko Toshkentga tashrifini Mustaqillik maydoni va Islom Karimov haykalini ziyorat qilishdan boshladi
Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Toshkentga rasmiy tashrifini boshladi. Belarus Prezidenti matbuot xizmati xabar berishicha, Aleksandr Lukashenko Toshkentga tashrifini Mustaqillik va ezgulik monumentiga tashrif buyurib, yodgorlik poyiga gul qoʻyishdan boshladi.

BЕLTA muxbiri xabar qilishicha, Lukashenko Oqsaroyda ham boʻlib, Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasiga oʻrnatilgan haykal poyiga ham gul qoʻygan.
Lukashenko Toshkentga tashrifini Mustaqillik maydoni va Islom Karimov haykalini ziyorat qilishdan boshladi
Foto: belta.by

Belarus prezidentining rasmiy tashrifi doirasidagi asosiy tadbirlar 13 sentyabr kuni boʻlib oʻtadi. U ertaga Koʻksaroy qarorgohida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar oʻtkazadi. Muzokaralar tor shaklda va delegatsiyalar aʼzolari ishtirokidagi kengaytirilgan shaklda boʻlib oʻtadi. Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlik, ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish va Oʻzbekistonda talabgir boʻlgan texnika ishlab chiqarish boʻyicha yigʻish korxonalarini tashkil etish masalalarini muhokama qilishi kutilmoqda.
Lukashenko Toshkentga tashrifini Mustaqillik maydoni va Islom Karimov haykalini ziyorat qilishdan boshladi
Foto: belta.by

Ushbu yuqori martabali mehmon tashrifini yoritish uchun Oʻzbekistondagi mustaqil OAV vakillari jalb etilmagan. Mahalliy nashrlar odatga koʻra xorij manbalariga tayanishga majbur boʻlmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.