“Green Card” uchun ariza topshirish qachondan boshlanishi maʼlum qilindi

“Green Card” uchun ariza topshirish qachondan boshlanishi maʼlum qilindi
AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi Oʻzbekiston fuqarolari 3 oktyabrdan “Green Card” lotereyasi uchun ariza topshirishni boshlashi mumkinligini maʼlum qildi.

2020 yil “Turli millatga mansub immigrantlar vizasi – Grin Kard lotereyasi” dasturida (DV-2020) mamlakatlar roʻyxatida oʻzgarish yoʻq, yaʼni Oʻzbekistonda tugʻilgan barcha shaxslar bir marta, ism-sharifi pasportida yozilganiga aniq muvofiq holda, olinganiga 6 oydan oshmagan fotosurat bilan hamda barcha oila aʼzolarini qoʻshib ariza topshirish huquqiga ega.

Green Card uchun ariza topshirish tekin. Arizalar dvlottery.state.gov manzilida 3 oktyabrdan 6 noyabrga qadar topshiriladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.