“Oʻrikzor” bozori yonida “Malibu”dan katta miqdordagi pulni oʻgʻirlagan shaxs ushlandi

“Oʻrikzor” bozori yonida “Malibu”dan katta miqdordagi pulni oʻgʻirlagan shaxs ushlandi
Toshkent shahrining Uchtepa tumanida oʻgʻirlik sodir boʻldi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Maʼlum boʻlishicha, shu yil 18 sentyabr kuni nomaʼlum shaxs “Oʻrikzor” bozori oldida qarovsiz qoldirilgan Sh.Oʻ. ismli ayolga tegishli “Malibu” rusumli avtomashinaning orqa eshigi oynasini sindirish yoʻli bilan ochib, salonidagi sumkasi ichidan 4 mln. soʻm puli va 6 800 AQSH dollarini oʻgʻirlab ketgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Koʻrilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashovchi T.A. sodir etganligi aniqlanib ushlandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.