Shavkat Mirziyoyev Hindiston tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Hindiston tashqi ishlar vazirini qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 oktyabr kuni Nyu-Dehli shahrida oʻzi uchun ajratilgan qarorgohda Hindiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sushma Svarajni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbari Svaraj xonim bilan avvalgi uchrashuvni mamnuniyat bilan eslab, ulkan natijalar kutilayotgan ushbu oliy darajadagi tashrifda uning xizmatlari katta ekanini taʼkidladi.

Oʻzbekiston va Hindistonda oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun katta salohiyat borligi, tashrif davomidagi muzokaralar ikki tomonlama munosabatlarni amaliy mazmun bilan boyitishi qayd etildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.