Oʻzbekistonda yana bir hokim oʻrinbosari pora bilan ushlandi

Oʻzbekistonda yana bir hokim oʻrinbosari pora bilan ushlandi
Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari pora bilan qoʻlga olindi. Bu haqda Kun.uzxabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda viloyat DXX boshqarmasi xodimlari hamkorlikda fuqaro M.A.ning arizasiga asosan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Qumqoʻrgʻon tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari F.A. “Ayub Baraka servis” MCHJ rahbari M.A.dan Qumqoʻrgʻon tuman markazidan tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun 0,08 ga. yer maydonini noturarjoy sifatida berilishini vaʼda qilib, 5000 AQSH dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻz.R.JKning 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.