Andijonning Oltinko‘l tumani hokimi ishdan ketdi

Andijonning Oltinko‘l tumani hokimi ishdan ketdi
Foto: «Turon24»
Andijon viloyati Oltinko‘l tumani hokimi Baxtimurod Karimov vazifasidan ozod etildi. Bu haqda Turon24 xabar berdi.

20 oktyabr kuni Xalq deputatlari Oltinko‘l tuman kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan sessiyasida ushbu masala ko‘rilgan. Oltinko‘l tumaniga Nazirjon O‘rinboyev vaqtinchalik hokim etib tayinlangan.

Nazirjon O‘rinboyev 1966 yilda shu tumanda tug‘ilgan. Ma’lumot oliy. U mahalliy ichki ishlar tizimida ancha vaqt xizmat qilgan.

Nazirjon O‘rinboyev ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Andijon viloyati \"Agroservis MTP\" mas’uliyati cheklangan jamiyati raisining o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.