Kimlarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi?

Kimlarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi?
O‘zbekistonda ba’zi toifadagi shaxslarga avtomobil boshqaruvida xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi, deb yozmoqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanaliga tayanib Darakchi nashri:

- avtomobilning orqa o‘rindig‘idagi 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar;

- transport vositasini o‘quvchi boshqarayotgan vaqtda avtomototransport vositasini yoki shahar elektr transportini boshqarishni o‘rgatuvchi amaliy mashg‘ulotlar instruktori;

- homilador ayollar, salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan bemor yo‘lovchilar;

- orqaga harakatni amalga oshirayotgan haydovchilar;

- aholi punktlarida harakatlanishda — yo‘nalishli taksi haydovchilari, taksining orqa o‘rindig‘idagi yo‘lovchilar;

- aholi punktlarida tashqi qismiga maxsus rangli grafik chizmalar chizilgan transport vositalari haydovchilari va yo‘lovchilari.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.