Yangiyo‘llik fermer og‘irligi 40-45 kg bo‘lgan qovoqlar yetishtirmoqda

Yangiyo‘llik fermer og‘irligi 40-45 kg bo‘lgan qovoqlar yetishtirmoqda
Foto: «Podrobno.uz»

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi ko‘p tarmoqli «Saidnazar-Alinazar» fermer xo‘jaligi rahbari Alinazar Imomnazarov qovoqning yangi navini yetishtirmoqda, deb yozadi «Podrobno.uz».

Qayd etilishicha, fermer yetishtirayotgan yangi navli qovoqlar 40-45 kg og‘irlikka ega.

«Sakkiz gektar yer mevali daraxtga to‘la. Tuproqdan aql bilan bilan foydalanish kerak, shu boisdan egatlar orasida sabzavotlar va qulupnay yetishtiraman. Qovoq yetishtirishni esa bir vaqtlar otam boshlagan. U menga qovoq parvarishlashning usullarini o‘rgatgan. Katta va uning ustiga mazali mahsulotni yetishtirish — bu butun boshli fan. Bunda o‘z vaqtida sug‘orish, quyosh nuri va boshqa omillar ham muhim o‘rin tutadi»,—deydi Alinazar Imomnazarov.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.