Toshkentdagi ikkilamchi turar joylar narxi o‘sishni boshladi

Toshkentdagi ikkilamchi turar joylar narxi o‘sishni boshladi
Toshkentda noyabr oyida ikkilamchi kvartira bozorida narxlar kvadrat metr uchun o‘rtacha 647 sh.b. ni tashkil etdi. Oktyabr oyidagi narx 633 sh.b.ni tashkil etgan edi. Bu haqda Credo Max baholovchi tashkilotining tahlilida so‘z yuritiladi, deb yozadi «Gazeta.uz».

Kuzning oxirgi oyi yakunlariga ko‘ra, g‘isht uylardagi kvartiralar narxlari 3 foizga — 688 sh.b.gacha oshdi, panel uylarda — 1 foizga oshib, 620 sh.b.ga teng bo‘ldi.

Xonalar soniga qarab kvadrat metrning o‘rtacha narxi quyidagicha bo‘ldi: bir xonali — 634 sh.b. (+1 foiz), ikki xonali — 634 (+2 foiz), uch xonali — 661 (+3 foiz), to‘rt va undan ortiq xonali kvartiralarda — 662 (+2 foiz).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.