Xorazm viloyatida dehqon bozorining tomi qulab tushdi

Xorazm viloyatida dehqon bozorining tomi qulab tushdi
Xorazm viloyati Shovot tumanida dehqon bozorining tomi qulab tushdi, deb xabar qilmoqda Facebook‘dagi \"Xorazm va Xorazmliklar\" guruhi.
Guruh a’zolarining yozishicha, voqea 19 yanvar kuni yuz bergan. Bozorning tomi qulashiga ikki kun tinimsiz yoqqan qor va shamol sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin deb taxmin qilinmoqda.

Qoldirilgan izohlarda: \"Bozorni tomi qulab tushganini qordan ko‘rmasinlar, tom bosqidin qor yog‘madi hali, rasmda ko‘rinib turibdi, to‘planib turgan qor yo‘q\", - degan fikrlar ham bor.
Ushbu hodisadan jabrlanganlar yoki qurbon bo‘lganlar haqida ma’lumot yo‘q.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.