"FIVS" kompaniyasi Jizzaxda avtomobil oynalari ishlab chiqaradi

"FIVS" kompaniyasi Jizzaxda avtomobil oynalari ishlab chiqaradi
Fransiyaning \"FIVS\" kompaniyasi Jizzaxda arxitektura va avtomobil oynalari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshiradi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur loyihaga investitsiya talablari asosida Jizzax erkin iqtisodiy zonasi hududidan yer maydoni ajratiladi.

Prezidentimizning \"Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida\"gi farmoniga asosan amalga oshiriladigan loyiha doirasida keng assortimentdagi arxitektura va avtomobil oynalari ishlab chiqarish o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.