Talabalar Navroʻzda necha kun dam oladilar?

Talabalar Navroʻzda necha kun dam oladilar?
Navroʻz bayrami arafasida universitet talabalarini necha kun dam olishlari xususida maʼlumot qiziqtirishi tabiiy.

Oʻzbekistonda ayrimlarini istisno qilgan holda deyarli barcha OTMlarda 6 kunlik oʻqish belgilangan. Demak, talabalar ham bayram arafasida haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlar bilan bir xil dam olishadi. Yaʼni: 21 mart (Navroʻz bayrami), 22 mart (qoʻshimcha dam olish kuni), 24 mart (yakshanba) kunlari dars mashgʻulotlari boʻlmaydi. 23 mart kuni talabalar oʻqishga boradilar.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ushbu taqvimga oʻzgarish kiritish huquqiga ega. Lekin hozircha bu haqida hech qanday xabar berilmagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.