Bugun O‘zbekiston — Birlashgan Arab Amirliklari Xalqaro mehnat forumi boshlandi

Bugun O‘zbekiston — Birlashgan Arab Amirliklari Xalqaro mehnat forumi boshlandi
«O‘zekspomarkaz»da O‘zbekiston — Birlashgan Arab Amirliklari Xalqaro mehnat forumi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma’lum qildi.

Forumni Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev hamda BAA Inson resurslari va amirlashtirish vaziri Nosir bin Tani al-Xamli ochib berdi.

Kunning birinchi yarmida ikki vazirlik o‘rtasidagi hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini imzolash marosimi o‘tkazildi. Mehnat resurslari va bu boradagi o‘zaro istiqbolli loyihalar bo‘yicha chiqishlar qilindi.
Bugun O‘zbekiston — Birlashgan Arab Amirliklari Xalqaro mehnat forumi boshlandi
Foto: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Shuningdek, O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklarining mehnat sohasidagi hamkorligiga bag‘ishlangan videotaqdimotlar namoyish etildi.

Forum o‘z ishini davom ettirmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.