Toshkentda xorij valyutasiga uy sotib olgan shaxs va uyni sotgan fuqaro qo‘lga olindi

Toshkentda xorij valyutasiga uy sotib olgan shaxs va uyni sotgan fuqaro qo‘lga olindi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda respublika hududida noqonuniy valyuta ayirboshlash va noqonuniy xorij valyutasiga savdo qilish holatlariga qarshi faol tadbirlar olib borilmoqda.

Xususan, kuni kecha fuqaro R.T. 25 ming AQSh dollar evaziga poytaxtning Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro N.L.dan 2 xonali xonadon sotib olish vaqtida huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan yuqoridagi fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177- (valyuta qimmatliklarini qonunga xilov ravishda olish yoki o‘tkazish) va 189-moddalari (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qayd etilishicha, tergov-surishtiruv tadbirlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.