​Pomidor ko‘chatlari orasidagi 63 tup ko‘knori "fosh etildi"

​Pomidor ko‘chatlari orasidagi 63 tup ko‘knori "fosh etildi"
Bojxona organlari tomonidan giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.

Xususan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda Rishton tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi. Tadbir davomida, fuqaro L.L.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, xonadon tomorqasidagi pomidor ko‘chatlari orasida agrotexnik ishlov berib parvarishlangan, uzunligi 40-110 santimetr bo‘lgan 63 tup ko‘knori giyohvandlik o‘simliklari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari amalga oshirilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.