Toshkentda chet el fuqarosi qalbaki dollarga bir nechta smartfon sotib oldi

Toshkentda chet el fuqarosi qalbaki dollarga bir nechta smartfon sotib oldi
Toshkentda qalbaki pullarga bir nechta smartfon xarid qilib, sotuvchini chuv tushirgan chet el fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda, fuqaro A.X.ning arizasiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda, chet el fuqarosi A.V. fuqaro A.X.dan xarid qilgan 3 dona «Iphone Xs Max» rusumli uyali aloqa telefon apparatlari uchun bergan 3.025 AQSh dollaridan 3.000 AQSh dollari qalbaki ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.