Toshkentda Cobalt haydovchisi 18 yoshli qizni urib yubordi

Toshkentda Cobalt haydovchisi 18 yoshli qizni urib yubordi
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, Mirzo-Ulug‘bek tumani Yuzrabot ko‘chasida Xorazm viloyatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Kobalt” rusumli avtomobilda harakatlanib borayotgan fuqaro piyodani urib yuborgan.

“Jabrlanuvchi – 18 yoshli A.X. haydovchining o‘zi tomonidan tibbiyot muassasasiga olib borilib, u yerda unga zarur yordam ko‘rsatildi”, - deyiladi xabarda.

Hozirda tan shikastlari og‘irligi va YTH sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.