Gulnora Karimovaning advokati mijozi koloniyadan tez yordam mashinasida olib ketilganini ma’lum qildi

Gulnora Karimovaning advokati mijozi koloniyadan tez yordam mashinasida olib ketilganini ma’lum qildi
Foto: Twitter / @ Greguar Manja
Gulnora Karimovani u jazoni o‘tayotgan Zangiotadagi koloniyadan tez yordam mashinasida olib ketishgan. Bu haqda uning advokati, shveysariyalik yurist Greguar Manja ma’lum qildi.

Advokatga ko‘ra, O‘zbekistonga mijozi bilan ko‘rishish uchun kelgan, biroq uni Karimovaning oldiga qo‘yishmagan. Manja koloniya oldida 6 soat kutgan, bu vaqt mobaynida uning oldidan ikkita tez tibbiy yordam mashinasi o‘tib ketgan. Advokatning manbasi Karimova shu mashinalardan birida bo‘lganini bildirgan.
Gulnora Karimovaning advokati mijozi koloniyadan tez yordam mashinasida olib ketilganini ma’lum qildi
Foto: Twitter / @ Greguar Manja

«U hatto O‘zbekistonga kelganimni ham bilmasa kerak», — deya yozuv qoldirgan Manja Twitter‘dagi sahifasida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.