Toshkentda ekskavator yuk mashinasidan tushib ketdi

Toshkentda ekskavator yuk mashinasidan tushib ketdi
Foto: «Xabar.uz»
Toshkentda ekskavator yuk mashinasidan tushib ketdi. Hodisa Maxtumquli ko‘chasi va kichik halqa yo‘li kesishgan chorrahada ro‘y bergan. Bu haqda «Xabar.uz» nashri ma’lum qildi.

Hozircha hodisaga nima sabab bo‘lgani ma’lum emas. Chorrahada yo‘l-transport hodisasi alomatlari yo‘q. Yon-atrofda shikastlangan boshqa transport vositalari ko‘rinmaydi.

Ushbu vaziyatda og‘ir texnika vositasini yuk mashinasiga yuklashda yoki yuk mashinasini boshqarishda texnika xavfsizligiga amal qilinmaganini taxmin qilish mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.