O‘zbekiston armiyasida bo‘yi 190 santimetrdan baland bo‘lgan harbiylarga qanday imtiyozlar beriladi?

O‘zbekiston armiyasida bo‘yi 190 santimetrdan baland bo‘lgan harbiylarga qanday imtiyozlar beriladi?
Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
O‘zbekiston armiyasida bo‘yi 190 santimetr va undan baland bo‘lgan harbiy xizmatchilar qo‘shimcha oziq-ovqat payogi bilan ta’minlanadi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar, Axborot texnologiyalari vazirligi hamda DXX rahbarlari tomonidan tasdiqlangan qo‘shma qarorning 30-moddasida ushbu imtiyozning berilish shartlari ko‘rsatib o‘tilgan.

Unga ko‘ra, harbiy vrachlar komissiyasi xulosasiga ko‘ra, bo‘yi 190 santimetr va undan yuqori bo‘lgan harbiy xizmatchilarga qo‘shin turiga qarab, beriladigan oziq-ovqat payogining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha berilishi ko‘zda tutilgan.

Oziq-ovqat payogi o‘rnida beriladigan badal pullari, ya’ni bir oyda eng kam ish haqining 3 barobari (2019 yil 6 sentyabr holatiga ko‘ra EKIHning uch barobari 669 000 so‘mga teng) miqdorida qo‘shimcha payoksiz to‘lab beriladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.