Farg‘ona viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Farg‘ona viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi, Surxondaryo viloyati prokurori Ulug‘bek Berdiqobilovich Qosimov Farg‘ona viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qilmoqda.

U bu lavozimda adliya katta maslahatchisi Sadriddin Abdullayevich Turdiyev o‘rnida ish boshladi.

Ulug‘bek Qosimov 1983 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2005 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.
Farg‘ona viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
Ulug‘bek Qosimov

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2005 yilda Denov tuman prokuraturasida boshlab, Surxondaryo viloyat prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2011 yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, Qumqo‘rg‘on tuman prokurori, Surxondaryo viloyati Muzrabot va Denov tumanlarida hokim bo‘lib ishlagan.
U 2018 yilning noyabridan buyon Surxondaryo viloyati prokurori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.