Qorako‘lda sayyor qabul paxta dalasida tashkil etildi (foto)

Qorako‘lda sayyor qabul paxta dalasida tashkil etildi (foto)
Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida sektorlar faoliyatini har tomonlama namunali tashkil etish bo‘yicha o‘zaro hamjihatlikda ish olib borilmoqda. E’tiborlisi, sektor rahbarlarining aholi bilan doimiy ravishdagi uchrashuvlari hududdagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishga xizmat qilayapti.
Qorako‘lda sayyor qabul paxta dalasida tashkil etildi (foto)
Kuni-kecha ana shunday uchrashuv tumanning 4-sektor hududidagi Darg‘ali mahalla fuqarolar yig‘ini Org‘un qishlog‘ida tashkil etildi. Mazkur sayyor qabulning e’tiborli jihati shundaki, unda rahbarlar aholini ortiqcha ovoragarchilikka qo‘ymasdan paxta mavsumini hisobga olgan holda uchrashuvni ushbu hududdagi “Feruza Gulliyeva” fermer xo‘jaligi paxta dalasida tashkillashtirdilar. Fursatdan foydalanib, mehnat qilayotgan hasharchilar huzurida ularning holidan xabar olindi.
Qorako‘lda sayyor qabul paxta dalasida tashkil etildi (foto)
Sayyor qabulning aynan paxta dalasida tashkil etilgani shu yerlik hasharchilardan biri O‘ktam Turdiyev uchun ayni muddao bo‘ldi.
Uchrashuvda O‘ktam Turdiyev davlat soliq boshqarmasi rahbariyati va tuman hokimi ishtirok etayotganidan foydalanib, tadbirkorlik faoliyatini tiklash uchun ko‘mak so‘radi.
Qorako‘lda sayyor qabul paxta dalasida tashkil etildi (foto)
Ushbu fuqaroning bildirishicha, u bir necha yillar oldin sutni qayta ishlash korxonasini tashkil etgan. Buning uchun kerakli uskunalarni ham xarid qilgan. Ammo, tayyor mahsulotlarini sotishga qiynalgani uchun faoliyatini to‘xtatib qo‘ygan ekan.
Qorako‘lda sayyor qabul paxta dalasida tashkil etildi (foto)
Uchrashuvdan so‘ng sektor rahbariyati va tuman hokimi O‘ktam Turdiyevning korxonasida bo‘lib, uning tadbirkorlik faoliyatini qayta tiklash uchun zarur chora-tadbirlarni belgilab oldilar. Buning uchun eng avvalo uning talabiga ko‘ra tijorat bankidan imtiyozli kredit mablag‘lari olib berishga kelishib oldilar.
Qorako‘lda sayyor qabul paxta dalasida tashkil etildi (foto)
Sayyor qabulda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda qiynalayotgan Samad Gulliyevning hamda Nabi Safarovning tabiiy gaz masalasidagi murojaati ham shu yerning o‘zida hal etildi.
Qorako‘lda sayyor qabul paxta dalasida tashkil etildi (foto)
Hasharchilardan Umar Cho‘lliyev qishloq aholisini qiynab kelayotgan ichki yo‘llarni tartibga keltirish masalasini rahbarlar oldiga qo‘ydi.
Yashirishning hojati yo‘q, ushbu muammo tez hal etiladigan masala emas. Shunga qaramasdan, rahbarlar mazkur qishloqning ichki yo‘llarini imkon qadar tez fursatlarda epaqaga keltirish choralarini ko‘rishga va’da berdilar.
Qorako‘lda sayyor qabul paxta dalasida tashkil etildi (foto)
Xuddi shunday aholi nomidan bildirilgan talablardan yana biri -qishloqni kesib o‘tuvchi Org‘un arig‘ining ikki yon tomonini betonlashtirish ishlari ham yo‘l xaritasiga kiritilib, vazifalar belgilab olindi.
Qorako‘lda sayyor qabul paxta dalasida tashkil etildi (foto)
Shu kuni sayyor qabulga kelgan rahbarlar hasharchilarning muammolarini hal etishdan tashqari ularning ko‘nglini ko‘tarish maqsadida shu joyning o‘zida arzon narxlarda oziq-ovqat va boshqaturdagi mahsulotlar yarmarkasini tashkil qildilar. Tibbiyot xodimlari esa hasharchilarning salomatligini ko‘zdan kechirdilar.
Qorako‘lda sayyor qabul paxta dalasida tashkil etildi (foto)
Tushlikda dala boshida terimchilarga osh tortildi. Bir so‘z bilan aytganda rahbarlarning daladagi hasharchilar bilan uchrashuvi samimiy muloqotga aylanib ketdi. Ayniqsa, eng ilg‘or terimchilarning rag‘batlantirilishi ularning kayfiyatiga yanada ruh bag‘ishladi.

Buxoro viloyati
DSB Axborot xizmati.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.