Deputatlikka nomzod: “Aholini bir qismini xonavayron qilish evaziga rivojlanadigan futbolning bizga keragi yo‘q“

Deputatlikka nomzod: “Aholini bir qismini xonavayron qilish evaziga rivojlanadigan futbolning bizga keragi yo‘q“
“Adolat“ Sotsial demokratik partiyasidan deputatlikka o‘z nomzodini qo‘ygan Obidjon Latipov O‘zbekistonda totalizatorlarni qonuniylashtirilishiga munosabat bildirdi.

“Mendan totalizatorlarning qonuniylashtirilishiga munosabat bildirishimni so‘rashyapti.
Bizga, aholini bir qismini xonavayron qilish evaziga rivojlanadigan futbolni keragi yo‘q.

Futbol rivoji uchun qayg‘urayotganlar, avval futbolni moliyalashga ketayotgan katta mablag‘lar qayerdan kelib, qayerga ketayotganini shaffoflashtirsalar yaxshiroq bo‘lar edi.

Biz aholini bir qismini qashshoqlikka olib keluvchi, hayotini izdan chiqarib yuboruvchi totalizatorlarga o‘xshash narsalar haqida bosh qotirishdan ko‘ra, odamlar turmushini yaxshilash, daromadlarini o‘stirish yo‘llarini izlashimiz kerak\" - deya o‘z so‘zlarini yakunlaydi nomzod.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.