Tinchlik eng aziz ne’mat, uni asrash esa sharafli burchdir (foto)

Tinchlik eng aziz ne’mat, uni asrash esa sharafli burchdir (foto)
Yurt tinchligi va fuqarolarimiz osoyishtaligini ta’minlash, ularni terrorchilik kabi turli tahdidlardan asrashni o‘ziga maqsad kilib qo‘ygan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining o‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda.
Tinchlik eng aziz ne’mat, uni asrash esa sharafli burchdir (foto)
Xususan, kuni kecha Surxondaryo viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi tashabbusi bilan Termiz tumanidagi Uchqizil temir yo‘l stansiyasida “Terrorchilar tomonidan temir yo‘l transportida garovga olinganlarni ozod etish va terrorchilarni zararsizlantirish” mavzusida Ichki ishlar boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi hududiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda maxsus-taktik o‘quvlari o‘tkazildi.
Tinchlik eng aziz ne’mat, uni asrash esa sharafli burchdir (foto)
Maxsus-taktik o‘quvi barcha bo‘linmalarni yuqori jangovar shaylikka keltirishdan boshlandi. Bo‘linmalar tayyorligi haqida ma’lumotlar olingandan so‘ng vazifani birgalikda bajarishga kirishdilar. Bunda bo‘linmalarning uzoq masofalarga safar yurish ko‘nikmalarini oshirish uchun harakat davomida sun’iy to‘siqlar yaratildi va ularni bo‘linmalar muvaffaqiyatli zabt etib, belgilangan marralarga o‘z vaqtida yetib bordilar.
Tinchlik eng aziz ne’mat, uni asrash esa sharafli burchdir (foto)
Tinchlik eng aziz ne’mat, uni asrash esa sharafli burchdir (foto)
Dastavval yuzaga kelgan vaziyatni tinchlik yo‘li bilan hal etish maqsadida, terrorchilar bilan muzokaralar olib borildi. Muzokaralar ijobiy natija bermagach, maxsus bo‘linmalar vaziyatga har tomonlama aniqlik kiritgan holda qaror qabul qildilar. Uyg‘unlikdagi harakatlar natijasida ishg‘ol qilish orqali garovdagilarni ozod etish va shartli terrorchilarni zararsizlantirishga erishildi.
Tinchlik eng aziz ne’mat, uni asrash esa sharafli burchdir (foto)
Tinchlik eng aziz ne’mat, uni asrash esa sharafli burchdir (foto)
Mazkur o‘quvdan maqsad mamlakatimiz tinchligi, xalqimizning osuda va farovon hayotiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan har qanday xavf-xatarlarning o‘z vaqtida oldini olish, huquqni muhofaza qiluvchi va davlat boshqaruvi organlarining hamkorlikdagi bajariladigan vazifalarini muvofiqlashtirish, bo‘linmalarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish hamda nostandart vaziyatlarda to‘g‘ri va oqilona qaror qabul qilish xususiyatlarini mustahkamlashdan iboratdir.
Tinchlik eng aziz ne’mat, uni asrash esa sharafli burchdir (foto)
Tinchlik eng aziz ne’mat, uni asrash esa sharafli burchdir (foto)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.