Novosibirsk—Toshkent aviareysida uchib kelgan, 10 yil qidiruvda boʻlgan fuqaro hibsga olindi

Novosibirsk—Toshkent aviareysida uchib kelgan, 10 yil qidiruvda boʻlgan fuqaro hibsga olindi
Samarqand viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi tomonidan olib borilgan tezkor-profilaktik chora-tadbirlar natijasida 1983-yilda tugʻilgan va 2009-yil 8-apreldan buyon qidiruvda boʻlgan fuqaro H.J. qoʻlga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Novosibirsk—Toshkent aviareysida uchib kelgan, 10 yil qidiruvda boʻlgan fuqaro hibsga olindi

2019-yil 27-noyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida “Novosibirsk–Toshkent” aviareysida Oʻzbekistonga kelgan vaqtida ushlangan. H.J. qaysi jinoyatni sodir etgani uchun qidiruvga berilgani ochiqlanmagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.