Turkiyada O‘zbekiston fuqarosi bankni o‘marmoqchi bo‘ldi

Turkiyada O‘zbekiston fuqarosi bankni o‘marmoqchi bo‘ldi
17 dekabr, seshanba kuni, Turkiyaning Antaliya shahrida qo‘lida pistoleti bor O‘zbekiston fuqarosi xususiy banklardan biriga bostirib kirdi, deb xabar qilmoqda Haberler nashri.

Nashr xabariga ko‘ra, bosqinchi bank qo‘riqchilarini garovga olgan. Voqea joyiga politsiya va maxsus kuchlar jalb qilingan. Muzokaralardan so‘ng bosqinchi taslim bo‘lgan.

Aniqlanishicha, u 1979 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, quroli soxta bo‘lgan.
Politsiya voqea yuzasidan tergov-surishtiruv ishlarini davom ettirmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.